20:24 O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo masalasida yangi innovatsion saytni ishga tushirdi | |
Musulmonlar idorasi mo‘min-musulmonlarning diniy mazmundagi turli savollariga tezkorlik bilan javob qaytarishni ta'minlash maqsadida www.fatvo.uz saytini ishga tushirdi. U 10 martdan sinov tariqasida faoliyat yuritmoqda. Unda «Aqida», «Poklik», «Namoz», «Ro‘za», «Haj va Umra», «Nikoh», «Taloq», «Savdo va tijorat», «Qasam va nazr», «Ijara», «Halol-harom», «Ruhiy tarbiya» va shu kabi dolzarb ruknlar ostida javoblar e'lon qilib boriladi.O‘zbekiston musulmonlari idorasi mo‘min-musulmonlarning diniy mazmundagi savollariga tez va qulay ravishda javob olishlarini ta'minlash maqsadida, interaktiv va innovatsion xizmatlarni o‘z ichiga olgan www.fatvo.uz saytini ishga tushirdi. Bu haqda idora Axborot xizmati xabar qilmoqda. Ta'kidlanishicha, mazkur sayt diniy savol-javob yo‘nalishida eng zamonaviy xizmatlarni o‘zida mujassam etgani bilan alohida ahamiyatga egadir. Endilikda, ushbu saytdan foydalanuvchilar shar'iy masalalarga oid o‘z savollarini saytning «Savol yuborish» bo‘limi orqali yo‘llashlari mumkin. Savol matniga audio, video va suratlarni ilova sifatida taqdim etish imkoniyati ham taqdim etilgan. Berilgan savollarga fatvo sohasida yetarli bilim, tajriba va yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar qaytariladi. Saytda «Aqida», «Poklik», «Namoz», «Ro‘za», «Haj va Umra», «Nikoh», «Taloq», «Savdo va tijorat», «Qasam va nazr», «Ijara», «Halol-harom», «Ruhiy tarbiya» va shu kabi dolzarb ruknlar ostida javoblar e'lon qilib boriladi. Kutubxona bo‘limida diniy mazmundagi kitob va risolalar joylab boriladi. Media qismida ulamolarning diniy savollarga bergan video va audio javoblari joylashtirilgan. Foydalanuvchilar «Izlash» tugmasi orqali o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mavzulardagi mavjud shar'iy savol-javoblarni topib, mutolaa qilishlari mumkin. 2020 yil 10 mart kunidan e'tiboran mazkur sayt test rejimida o‘z ish faoliyatini boshladi. Xabarda ta'kidlanishicha, kelgusida ushbu saytni fatvo va shar'iy masalalar yo‘nalishida qomusiy manbaga aylantirish niyati mavjud.
Manba: "kun.uz"
| |
|