Главная » 2023 » Февраль » 8 » O‘zbekiston tashqi qarzi pasayishi kutilmoqda. Mamlakatga qarz nega kerak?
21:44

O‘zbekiston tashqi qarzi pasayishi kutilmoqda. Mamlakatga qarz nega kerak?


O‘zbekistonda tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga (YIM) nisbatan oʻsish choʻqqisi 2022-yilga toʻgʻri keldi va istiqbolda ravon pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi xabar bermoq

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan moliyalashtirishning asosiy manbai — davlat budjeti boʻlib, u mutanosib boʻlishi, yaʼni uning daromad va xarajatlari deyarli teng boʻlishi lozim.

Shu bilan birga, davlat budjeti quyidagi kabi koʻplab sabablarga koʻra har doim ham mutanosib boʻlmasligi mumkin:

  1. davlat budjeti mamlakat iqtisodiy salohiyatining yuksalishini ham, hal etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazifalarning sifat va koʻlamining oʻsishini ham aks ettiradi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari aholi sonining oʻsish surʼatlariga nisbatan past boʻlgan taqdirda ham davlat xarajatlari aholi turmushining yangi son va sifat darajasiga muvofiq boʻlishi kerak;
  2. davlat xarajatlarning oshishi muqarrar boʻlgan holatlarga duch kelishi mumkin (epidemiyalar, infratuzilmani saqlash va rivojlantirish bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmas xarajatlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish), davlat daromadlari cheklangan hisoblanadi, xarajatlarni ichki qayta taqsimlash imkoniyatlari esa katta emas. Yoki aksincha, konyunktura daromadlari oshganda, davlat jamgʻarma mablagʻlarni koʻpaytiradi;
  3. davlat xalqaro moliya-tovar bozorlaridagi holatdan yoki boshqa qulay omillardan kelib chiqib, oʻz oldiga texnik va iqtisodiy rivojlanish maqsadlarini qoʻyadi.

Shuning uchun ham barcha mamlakatlar budjetning muvozanatini xarajatlar qismi koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda taʼminlaydi, yaʼni: 

  • saldo ijobiy boʻlganda — oltin-valyuta zaxiralarini toʻplaydilar va kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq vazifalarni hal qilish maqsadida boshqa moliyaviy jamgʻarmalarni tashkil etadi; 
  • saldo salbiy boʻlganda esa — zaxiralarni ishga solib (shu jumladan oltin-valyuta zaxiralarini) va/yoki qarz olish vositalaridan foydalangan holda budjetning muvozanatli boʻlishiga erishadi.

Ichki moliyaviy bozor koʻlam jihatidan cheklangan boʻlgan sharoitda, davlatlar ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tashqi qarzdan foydalanadi.

Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan iqtisodning oʻziga xosligi shundaki, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish koʻlamlari doimo oʻsib boradi va davlat ushbu loyihalarni eng qisqa muddatlarda amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. 

Faqatgina yoʻl infratuzilmasini saqlashga har yili 2 mlrd dollargacha hajmdagi mablagʻ talab etiladi, bu esa mamlakatning 2023-yil uchun rejalashtirilgan davlat budjetining 9,7 foizini (yoki mamlakatning konsolidatsiyalashgan budjetining 7,2 foizini) tashkil etadi.

Bu kabi koʻlamli vazifalarni muayyan muddatlarda hal etish uchun davlatda 2 ta muqobil yechim mavjud: soliqlarni oshirish (bu bilan kelajakda iqtisodiyotni rivojlantirish ragʻbatlariga putur yetkazish) yoki davlat qarzlari vositalaridan foydalanish.

Shunday qilib, mamlakatning tashqi qarzi mavjudligini va uning oʻsishini gʻayrioddiy holat deb koʻrmaslik lozim.

Shu bilan birga, soliq toʻlovchi uchun tashqi qarzning hajmi va oʻzgarish surʼati tushunishi, mamlakatning moliyaviy majburiyatlarining hajmi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi, uni YIMning oʻsish hajmlari va davlat daromadlari bilan solishtirish imkoniyatiga ega boʻlishi muhimdir. 

Mamlakat uchun tashqi qarzning iqtisodiy maqbul chegarasini tushunish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Jalb etilayotgan resurslardan foydalanish samaradorligi muhim omil hisoblanadi. Agar har bir jalb etilgan dollar YIMning oʻsishiga sabab boʻlsa, tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish bilan bogʻliq xavotirlar oʻrinsizdir.

2022-yil davomida tashqi qarz mablagʻlari hisobidan muhim infratuzilmaviy loyihalar moliyalashtirildi: umumiy uzunligi 269 km boʻlgan avtomobil yoʻllarining qayta taʼmirlanishi, 243 km ichimlik suvlari va 83,8 km sugʻorish suvlari oʻtkazgichlarining qurilishi, 15 ta ichimlik suvini taqsimlash joylari (nasoslar, filtrlar), 817 ta gidrotexnik inshootlarning qayta taʼmirlanishi shular jumlasidandir. 

Bu infratuzilma loyihalariga qarz mablagʻlarini sarflash misollarining kichik bir qismidir.

Oʻzbekiston tashqi qarzi va uning oʻzgarib borishi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar

Bu yerda shuni taʼkidlash kerakki, tashqi davlat qarzi deganda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (DDK) qarzlar tushuniladi.

Soʻnggi 6 yilda Oʻzbekistonda tashqi qarzning oʻsish surʼatlari jadallashgani kuzatildi. Agar 2016-yilning oxirida tashqi DDK qarzlari YIMning 8 foizini tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilning 1-oktyabri holatida u YIMning 30,14 foiziga yoki 23,16 mlrd dollarga teng boʻldi. 

Mazkur summaning 17 mlrd dollari Oʻzbekiston nomidan jalb etilgan qarzdir, 6,16 mlrd dollari esa — bu davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz hisoblanadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qarz, NEGA, O‘zbekiston, Mamlakatga, qarzi, kerak?, kutilmoqda, pasayishi, tashqi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz