Главная » 2020 » Февраль » 2 » O‘zbekiston Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda
14:46

O‘zbekiston Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorlanmoqda


O‘zbekiston hukumati 4-5 fevral kunlarida maxsus charter reyslar orqali Xitoy hududidagi, shu jumladan, xavfli koronavirus tarqalgan Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, ayni vaqtda Uxan shahrida 81 nafar o‘zbekistonlik qolmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

«Hamyurtlarimizdan 2020 yil 1 fevraldan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilganiga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish ketayotganini ma'lum qiladi. 

Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta'lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uxan shahrida) bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdan iborat. 

O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi ma'lumotiga binoan, 1 fevral holatiga ko‘ra Uxan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor. Ular bilan telefon orqali aloqa o‘rnatilgan hamda «WeChat» ijtimoiy tarmog‘i («Wuhan 2020 Uzbekistan», «Embassy of Uzbekistan» va «Uzbekistan studens №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda. 

Pekin shahridan Toshkent shahriga charter reyslar 4 va 5 fevral kunlari aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston fuqarolaridan 3 fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so‘raymiz. Boshqa reyslar sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi», deyiladi vazirlik xabarida. 

Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor shtab faoliyat ko‘rsatayotganini eslatib o‘tgan.

Bog‘lanish ma'lumotlari:

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi:

Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471
Bobur Yaxyayev +86 135 1102 4242
O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi xodimlari:

Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov +86 186 1812 9040
Avaz Kamolov +86 178 1070 2707


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz