Главная » 2020 » Февраль » 23 » O‘zbekistonda “Allergik pasport” joriy etiladi
11:35

O‘zbekistonda “Allergik pasport” joriy etiladi


O‘zbekistonda "Allergik pasport" joriy etilishi kutilmoqda. Mazkur masala  Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev va Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi. 

Uchrashuv davomida tibbiy ta’limga innovatsiyalarni joriy qilish haqida fikr almashildi. Shuningdek, Davlat dasturlariga oid ilmiy loyihalar bazasini shakllantirish hamda grant loyihalari sifatini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish, xalqaro ilmiy bazalar (Springer, Clinical Key) platformalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida qilinishi kerak ishlar belgilab olindi.

Mutasaddilar Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan “Allergik pasport” joriy qilish va berish tartibini  muhokama qildi.

Shu bilan birga aholi salomatligini birlamchi profilaktika qilish bo‘yicha maqsadli choralarni hamkorlikda ishlab chiqish, order berish tizimi va kasallik tarixidan ko‘chirmalar berish tizimini to‘liq raqamlashtirish, majburiy tibbiy sug‘urta tizimini respublikada keng joriy qilish bo‘yicha ham fikrlar almashildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz