23:00 O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi | |
17-fevral, dushanba kuni respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz, harorat 5—10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Biroq kechga yaqin Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi kirishi munosabati bilan ob-havo sharoitlari o‘zgaradi. Bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlaridan tashqari qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ish haftasining o‘rtasida sovuq havo oqimining ta’siri ayniqsa kechasi sezilib turadi. Tungi harorat 1—3 daraja sovuqqacha pasayadi, 20-fevral, payshanba kuni esa harorat kunduzi 10—15 darajagacha iliq bo‘ladi. Ish haftasining oxirida ob-havo yana aynishni boshlaydi. 21-fevral, juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda vodiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tungi harorat 0—5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10—15 darajа atrofida bo‘ladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|