12:06 O‘zbekistonda janoza namozlari ixcham tarzda o‘tkaziladi | |
Joriy yilning 20 mart kuni O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 23 martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilindi. Zarur hollarda ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosida ham “Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilsin”, deya alohida ta'kidladi.
Janoza, dafn va ta’ziya marosimlarida gigiyena qoidalari – qo‘llarni yuvish, tibbiy niqoblarni taqish va boshqalarga jiddiy amal qilish lozimligi ta’kidlangan. Maxsus komissiya qarorida xudoyilar ham 10-15 kishi atrofida, faqatgina xonadonlarda o‘tkazilishi qayd etilgan. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati ilk bor 15 mart kuni kuzatildi. Ayni kunda, mamlakatda infeksiyaga chalinganlar soni 42 nafarga yetdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|