14:00 O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600 nafarga yaqinlashmoqda | |
Qashqadaryo viloyatida yana ikki kishi, Farg‘ona viloyatida 19 kishi koronavirusdan tuzaldi. Endilikda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga chalinganlarning navbatdagi guruhi sog‘aygani haqida ma'lumot berdi. Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan navbatdagi 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayganlar Chiroqchi tumanida yashovchi opa-singillar bo‘lib, kattasi 16 yoshda bo‘lsa, kichigi 11 yoshda. Ular koronavirus infeksiyasiga chalingan ukasi bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bugungi kunda laboratoriya tekshiruvlari ularning darddan butunlay forig‘ bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 4 nafarga yetdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sog'aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayganlarning 9 nafari Turkiyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlardan 11 nafari Farg‘onadan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqanddan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Eng yoshi kattasi 61 yoshda. Farg‘ona viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 30 nafarga yetdi.
Manba: "kun.uz"
| |
|