19:15 O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 41 nafarga yetdi | |
Joriy yil 21 mart kuni soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 41 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. "Mamlakatimizda tibbiy karantinda bo‘lganlar orasidan yana 4 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi", deyiladi SSV xabarida. Eslatim o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|