Главная » 2020 » Апрель » 2 » O‘zbekistonda koronavirusni ayollar ko‘proq yuqtirib olyaptimi yo erkaklar?
23:01

O‘zbekistonda koronavirusni ayollar ko‘proq yuqtirib olyaptimi yo erkaklar?


O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar 2 aprel kuni soat 22:30 holatiga ko‘ra o‘zgarishsiz qolib, 190 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 25 bemor to'liq sog'aydi, 2 nafari vafot etdi. Xo‘sh, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar bo‘yicha yosh taqsimoti qanday? O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ushbu ma’lumotlarni ochiqladi. 

Unga ko‘ra, 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 5 nafar bolakay koronavirus yuqtirib olgan. 10 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlar orasida 8 nafar, 20 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lganlar orasida 40 nafar, 30 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lganlar orasida 45 nafar, 40 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lganlar orasida 51 nafar, 50 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lganlar orasida 29 nafar, 60 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lganlar orasida 10 nafar, 70 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lganlar orasida 2 nafar bemor aniqlangan. 

190 nafar bemorning 101 nafari (53%)ni ayollar, 89 nafari (47 %)ni erkaklar tashkil etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus yuqtirib olganlar Toshkent shahrida va mamlakatning 8 viloyatida aniqlangan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz