Главная » 2018 » Май » 22 » O‘zbekistonda o‘rtacha maosh miqdori qancha?
21:51

O‘zbekistonda o‘rtacha maosh miqdori qancha?


Evropa Ittifoqi statistika xizmati, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti hamda boshqa milliy statistiklarning 2017 yil yakunlariga asoslangan ma’lumotlariga ko‘ra, turli davlatlardagi o‘rtacha maoshlar miqdori bo‘yicha reyting tuzib chiqildi.

Ushbu reytingdan 157 davlat o‘rin olgan. Birinchi o‘rinda Shveysariya joylashgan. Bu mamlakatda o‘rtacha maosh miqdori 3855 AQSh dollariga teng. Ikkinchi o‘rindagi Kuvaytda bu miqdor 3111 dollarni tashkil qiladi.

AQShda o‘rtacha maosh miqdori 3120 dollar.

MDH mamlakatlari orasida bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada - 615 dollar. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (480), Belarus (375) va Turkmaniston (320).

O‘zbekiston ushbu reytingda 118-o‘rinda joylashgan. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda o‘rtacha maosh miqdori 235 dollarga teng.

Tojikistonda bu ko‘rsatkich 110 dollarni tashkil qiladi.

Eng past ko‘rsatkich Zimbabveda - bu yerda oyiga o‘rtacha 21 dollarga ishlashadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o'rtacha maosh | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz