Главная » 2020 » Февраль » 20 » O‘zbekistonda shifokorlarning o‘rtacha oylik ish haqi miqdori ochiqlandi
20:15

O‘zbekistonda shifokorlarning o‘rtacha oylik ish haqi miqdori ochiqlandi


Xalqaro press-klubning 2020 yil Davlat dasturiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. U ijtimoiy sohaga bag‘ishlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev bugungi kunda shifokorlar qancha maosh olayotgani haqida ma'limot berdi.

“Bugungi kunda shifokorlar o‘rtacha 2 yoki 2,5 million so‘m oylik olishmoqda. 2020 yil davlat budjetidan tibbiyot sohasiga 14 trillion 900 million so‘m ajratiladi”, - dedi u.

Shuningdek, Bahodir Yusupaliyev soha bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi

“O‘zbekistonda ikki yil davomida 300 ta "buyrak ko‘chirib o‘tkazish" bo‘yicha jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi.

Birinchi navbatda, biz chet eldan zamonaviy texnologiyalarni olib kelish, zamonaviy kasalxonalarni barpo etish to‘g‘risida o‘ylayapmiz. 

Lekin, qon-tomir kasalliklarining oldini olishga asosiy e'tiborni qaratib, vatandoshlarimizning bilimini oshirishimiz kerak.

Xususiy tibbiyotni rivojlantirishga kerakli choralar qabul qilinmoqda. Oxirgi 2.5 yilda 1600 dan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi”, - dedi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz