Главная » 2017 » Июнь » 9 » O‘zbekistonda talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgarmaydi
08:21

O‘zbekistonda talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgarmaydi


O‘zbekistonda talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgarmaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan anjumanida O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ma’lum qildi.

Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda hukumat talabalarga stipendiya to‘lash tartibini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. O‘zgarishlarga muvofiq, talabalarga bahosiga qarab stipendiya to‘lash tartibi bekor qilinib, uning o‘rniga barcha talabalarga, bahosidan qat’iy nazar, bir xil miqdorda stipendiya to‘lanishi lozim edi.

Xalqaro press-klubning oliy ta’lim istiqbollariga bag‘ishlangan anjumanida stipendiya haqidagi savol press-klub xodimi, ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Yelena Chuyanova tomonidan berildi. Uning aytishicha, u a’lochi va shunga yarasha “beshlik” stipendiya olishni istaydi.

Bu savolga javob berarkan, vazirning birinchi o‘rinbosari Inomjon Majidov stipendiyalarni bir xillashtirish masalasi hozirgi kun tartibida yo‘q ekanini ma’lum qildi.

Biz nega masalani ko‘rib chiqdik? Birinchidan, boshqa davlatlarda stipendiya degan narsa yo‘q. Mana shu stipendiyaning differensiatsiyalashgan holati OTMlarning ma’muriyatlari uchun ma’lum bir muammolarni keltirib chiqarmoqda. Talabalar orasida bahoning ortidan quvish holatlari va shu bilan bog‘liq boshqa sabablar bor.

Inomjon Majidov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari

Majidovning ta’kidlashicha, stipendiyalar to‘lash tartibi o‘zgargan taqdirda ham, ularning miqdori bir xil bo‘lmasdi — hozirda uch kategoriya (“beshlik”, “to‘rtlik” va “uchlik”) asosida berilayotgan bo‘lsa, yangi tartibda stipendiyalar ikki tartibda berilgan bo‘lardi. “Birinchi kategoriya bo‘yicha hamma bir xil — hozirgi ‘to‘rtlik’ stipendiya darajasida pul olardi, ikkinchi kategoriyada esa haqiqat ham a’lochi, faol talabaga oshirilgan stipendiya berilishi ko‘zda tutilgan edi”, — deya qo‘shimcha qildi Inomjon Majidov.

Mavzu yuzasidan O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Avazxon Marahimov ham o‘z fikrlarini bildirib, o‘qituvchilarga yalinib, faqat stipendiyasi yaxshi bo‘lishi yo‘lida yuqori baho olishga intiladigan talabalarni tanqid qildi.

Men talabalarning faoliyatiga, erishgan yutuq, natijalariga qarab stipendiya belgilash tarafdoriman. Domlaning ketidan quvib, so‘rab-so‘rab baho olish — bu baho emas. Ochiq aytaman, shu masalada vazirlikda bo‘lgan muhokamalarda yangi taklifning joriy etilishi tarafdori ekanimni bildirgan edim.

Modul tizimiga o‘tayotganimizda, o‘quv-fan dasturlarini qabul qilayotganimizda ilg‘or xalqaro standartlarni tatbiq etish tarafdorimiz. Stipendiyada-chi, bilimga baho berishda-chi?

Menimcha, vaqti keldi.

Avazjon Marahimov, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oliy ta'lim, to'lov, stipendiya, talaba | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz