10:22 O‘zbekistonda yana bir odam koronavirusdan vafot etdi | |
Bugun, 28 mart holatiga O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasidan halok bo‘lganlar 1 nafarga ortib, jami 2 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. “Oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi”, deyilgan vazirlik xabarida. Marhumning yoshi, hududi va o‘lim sababiga aniqlik kiritilmagan. Avvalroq, namanganlik koronavirusga chalingan ayol miokard infarktidan vafot etgandi. Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|