23:49 O‘zbekistondagi bankomatlardan 2019-yilda qancha pul yechib olingani ma’lum qilindi | |
Markaziy bank xabariga ko'ra, 2019-yilda bank kartalariga kelib tushgan 112,7 trillion so‘mlik mablag‘larning naqdlashtirilgan qismi 36,6 trillion so‘m yoki 32,4 foizni tashkil etib, 2017 (6,1 foiz) va 2018-yilga (17,4 foiz) nisbatan sezilarli darajada oshdi. Qayd etilishicha, 2019-yilda bank kartalaridan yechib olinayotgan naqd pullarning 68,6 foizi bankomatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, bank kartalaridan yechib olingan jami naqd pud miqdori 36 trillion 553 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 25 trillion 81 milliard so‘m bankomatlardan naqdlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2017-yilda 3,1 foiz, 2018-yilda 40,0 foizga to‘g‘ri kelgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|