11:03 O‘zbekistondagi barcha kassalar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati ham to‘xtatiladi | |
30 martdan boshlab bank binosidan tashqarida joylashgan bankning kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklariga yuborgan xabarnomasida aytiladi.
Bundan fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda bojxona chegara hududida joylashgan bank infratuzilmasi hamda aholiga pensiya va nafaqa tarqatish maqsadida tashkil etilgan sayyor kassalar mustasno.
Manba: "sof.uz"
| |
|