14:55 O‘zbekistonning qaysi hududida maoshlar eng yuqori? | |
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (26 mln 905,4 ming so‘m) hamda Navoiy (20 mln 148,6 ming so‘m), Buxoro (15 mln 511,7 ming so‘m), Xorazm (14 mln 193,8 ming so‘m) va Toshkent (13 mln 284,3 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatilgan. 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9mln 347,8 ming so‘m), Farg‘ona (9 mln 720,7 ming so‘m), Namangan (10 mln 87,7 ming so‘m), Jizzax (10 mln 575,1 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi. 2022 yilning yanvar-sentabr holatiga hamda 2021 yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 108,4 foizni tashkil etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|