14:43 “O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi | |
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2016-yil 28-oktabr kunidan O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/soniya uchun (tashqi kanalda) 103,03 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu yil tariflar o‘n bir marta tushirildi. Tariflar 1 Mbit/soniya uchun 13-yanvardan 156,24 dollargacha, 1-fevraldan 141,94 dollargacha, 17-fevraldan 136,34 dollargacha, 1-martdan 133,62 dollargacha, 2-martdan 115,26 dollargacha, 27-apreldan 112,91 dollargacha, 25-iyuldan 111,21 dollargacha, 19-avgustdan1 108,31 dollargacha, 22-avgustdan 107,03 dollargacha, 19-sentabrdan 105,77 dollargacha va 28-oktabrdan 103,03 dollargacha tushirildi. Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda tariflar o‘n yetti marta tushirilgandi. 2015-yil 1 Mbit/soniya uchun yanvar oyida 259,29 dollardan, dekabr oyidan 157,60 dollargacha tushirilgandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|