Главная » 2016 » Декабрь » 7 » O‘zingizni qanchalik yaxshi bilasiz? Chizgan rasm orqali aniqlang!
18:50

O‘zingizni qanchalik yaxshi bilasiz? Chizgan rasm orqali aniqlang!


Ushbu testni AQShlik mashhur psixoterapevt Albert Ellis ishlab  chiqqan. Uning yordamida o‘zingizni yanada chuqurroq anglashingiz, muammolaringizning sabab va yechimini tushunishingiz mumkin bo‘ladi.

Topshiriq

Ko‘zlaringizni yuming-da, ayiqni tasavvur qiling. Endi oq qog‘oz olib, oddiy yoki rangli ruchkalar yordami (flomaster yoki rangli qalam ishlatsangiz ham bo‘ladi) ayiq rasmini chizing. Surat aslidek chiqishi shart emas. Uni istagan rangga bo‘yashingiz, o‘zingiz xohlagandek shakl berishingiz mumkin. Topshiriqni 5-6 daqiqa ichida tugatishingiz kerak.

Izohlaymiz!

1.     Dastlab, rasm qog‘ozning qaysi qismida chizilganiga ahamiyat bering. Agar uni qog‘oz o‘rtasiga chizgan bo‘lsangiz, demak, xolis fikrlaydigan insonsiz. Bordiyu rasm qog‘ozning yuqori qismidan boshlangan bo‘lsa, o‘zingizgi haddan ziyod ishonasiz. Rasmning qog‘ozni pastki qismidan boshlanishi esa o‘zingizga ishonchingiz pastligini bildiradi.

2.     Jonivorning boshi qaysi tarafga qaragan? Chap tomonga qarab turgani muammolarni uzoq tahlil qilishingizga ishora. O‘ng tomonga qaratib chizilgani esa qaror chiqarishga shoshilishingizni bildiradi. Agar hayvonning boshi to‘g‘riga qarab turgan bo‘lsa, bu sizdagi xudbinlikni anglatadi.

3.     Quloqlari bormi? Agar ayiqning quloqlarini katta qilib chizgan bo‘lsangiz, sizda odamlarni tinglash qobiliyati bor. Biroq har doim ham o‘zingiz istagan fikrni to‘g‘ri yetkazib berolmaysiz. Agar jonivoringiz «quloqsiz» bo‘lsa, gap-so‘zlarga hushingiz yo‘qligidan dalolatdir.

4.     Og‘zi. Suratdagi ayiq kulib turgan ko‘rinishda bo‘lsa, muammolaringizni atrofdagilarga bildirmaydigan insonsiz. Jiddiy qiyofa muammolar ortiga yashirinishning belgisi.

5.     Ko‘zlar. Agar ayiqning ko‘zlari katta (huddi bir nimadan hayratlanayotgandek) ochilgan bo‘lsa, o‘zgalarning ta’siriga tushib qolishingiz, qo‘rquv hissi borligini bildiradi. Bordiyu ayiq ko‘zlari kichik, ustma-ust bo‘yab chizilgan (ba’zilar kipriklarini ham chizishadi) bo‘lsa, sizga e’tibor yetishmayotganing belgisi bo‘ladi.

6.     Qo‘l panjasi. Diqqat qiling, agar ayiq panjasi ochiq ko‘rinishda chizilsa, optimist insonsiz. Panjasi musht tugilgan yoki orqaga yashirilgani esa gap-so‘zlardan cho‘chishingizni bildiradi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Testlar, Psixologiya | | Теги: qanchalik yaxshi bilasiz, Chizgan rasm, O‘zingiz, orqali aniqlang | Рейтинг: 4.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz