Главная » 2017 » Август » 24 » “O‘zspirtsanoat” “O‘zvinosanoat-xolding” tarkibiga kiradi
15:09

“O‘zspirtsanoat” “O‘zvinosanoat-xolding” tarkibiga kiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kecha, 23 avgust kuni “O‘zvinosanoat-xolding» Aksionerlik jamiyati faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari-to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, xom-ashyo bazasini rivojlantirish, uzumning texnik navlarini yetishtirish va qayta ishlash samaradorligini oshirish va kengaytirish, raqobatbardosh va yuqori sifatli iste’mol etil spirti, alkogol, liker va vino mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va eksport hajmini oshirish, sohaga xorijiy investisilarni jalb qilish maqsadida «O‘zspirtsanoat» AK «O‘zvinosanoat-xolding» AJga biriktiriladigan bo‘ldi.

Qarorda yangi tashkil etiladigan ushbu korxonaning sohani rivojlantirish va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga doir qator vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilgan.

«O‘zvinosanoat-xolding» AJning tashkiliy tuzilmasi va ijroiya apparati tuzilmasida mehnat qiladigan xodimlar uchun 74ta shtat birligi yaratiladi.

Yana bir muhim jihat, bug‘doy donidan iste’mol etil spirtini tayyorlash bilan endilikda faqatgina «O‘zvinosanoat-xolding» tarkibiga kiruvchi korxonalar shug‘ullanadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tarkibiga, “O‘zspirtsanoat” “O‘zvinosanoat-xol, kiradi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz