Главная » 2020 » Февраль » 11 » Odamda qancha puls me’yor hisoblanadi? Olimlar bunga javob topishdi
20:58

Odamda qancha puls me’yor hisoblanadi? Olimlar bunga javob topishdi


Yuragimiz 1 daqiqada nechta zarbni amalga oshirishiga qarab sog‘ligimiz qay darajada ekanligiga baho beriladi. Misol uchun, yurak urishining tezlashishi odamda asab tizimi va immunitet bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lganligi bilan izohlanadi. Agar yurak urishi sekinlashsa, bu sovqotish yoki zaharlanish belgisi, deb qaraladi. Ko‘p shifokorlar sog‘lom odamning yuragi tinch holatda daqiqasiga 60-80 marta uradi, deb hisoblaydi. Biroq, amerikalik kardiologlarning tadqiqotlari, bunga amal qilgan shifokorlar yanglishishlari mumkinligini va oqibatda bemorlarida o‘ta jiddiy kasalliklar rivojlanayotganini sezmay qolishlari mumkinligini aytishmoqda.   

Ilgari odam yuragi daqiqasiga 60-80 marta uradi, deb hisoblanardi. 
 
AQSh olimlarining yangi tadqiqotlari natijasi PLOS ONE jurnalida e’lon qilindi. Mutaxassislar bu tadqiqot ishida 92 mingga yaqin odamning yurak urishi holatini o‘rganib chiqishdi. O‘rtacha 46 yosh atrofida bo‘lgan bu kishilarning hammasi deyarli 1 yil davomida yurak zarbini hisobga olib boradigan moslama – bilaguzuk taqib yurishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yurakning “me’yoriy” urishi har xil insonlarda har xil bo‘lar ekan. Agar birovlar uchun 60 ta zarb me’yor bo‘lsa, bu ritm boshqa birov uchun organizmida yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanayotganining belgisi sifatida xizmat qilar ekan.    

Yurak urishining ortishi taxikardiya, yurak urishining kamayishi esa bradikardiya, deb ataladi.
 
Odam yuragi bir daqiqada necha zarbni amalga oshiradi? 

92 ming ishtirokchidan olingan ma’lumotlarni o‘rganish jarayonida odam yuragining zarbi 1 daqiqada 40 tadan 109 gacha atrofida bo‘lishi aniqlandi. Bu natija olimlarni juda ham hayratlantirdi. Undan keyingi tadqiqotlar esa erkaklarning yuragi daqiqasiga 50 dan 80 martagacha, ayollarning yuragi esa 53 dan 82 martagacha urishi mumkinligini ko‘rsatdi. 

Olimlarning fikricha, yurak ritmiga yosh, tananing og‘irligi, spirtli ichimliklarga va chekishga haddan tashqari ruju qo‘yish kabi zararli odatlar ta’sir qiladi.  Ayrim paytlarda, ayniqsa ayollarda, yurak urishi tezligida keskin o‘zgarishlar kuzatiladi. Mutaxassislar buni har oyda sodir bo‘ladigan gormonal o‘zgarishlar bilan izohlashadi. Yurak urishidagi keskin o‘zgarishlar yil fasllariga ham bog‘liq. Masalan, odamlarning yurak urishi yanvar oyida iyundagiga qaraganda tezlashar ekan.

Har bir odamda yurak urishining o‘z “me’yori” bo‘lishi mumkin. 

Oxir-oqibatda olimlar “yurakning me’yoriy urishi” tushunchasi umuman bo‘lmasligi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Demak, davolovchi shifokor bemorning yurak urishini eshitib, daqiqasiga 70 ta zarb, bu me’yor, siz sog‘lomsiz, deb xulosa bersa, juda ham yanglishadi. Darhaqiqat, ayrim insonlar uchun daqiqasiga 60-80 zarb me’yor bo‘lishi bor gap. Ammo, organizmida o‘ziga xosliklar mavjudlar uchun yurakning yanada faolroq urgani zarur bo‘lishi mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz