Главная » 2020 » Июль » 14 » Og‘ir operatsiyalarni boshdan kechirgan jahon yulduzlari (foto)
23:04

Og‘ir operatsiyalarni boshdan kechirgan jahon yulduzlari (foto)


Yulduzlar jarrohga har doim ham tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish yoki maftunkor bo‘lish uchun murojaat qilavermaydi. Ularning sog‘lig‘ida ham jiddiy muammolar kuzatilishi va murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazishlari mumkin.

Selena Gomes

Selenaga qizil volchanka, ya’ni teri silining bir turi tashxisi qo‘yilgan. Bir qancha a’zolar, xususan, yurak, teri va buyrak faoliyatining yomonlashuviga sababchi bo‘ladigan ushbu kasallik haqida xonanda 2013-yilda xabardor bo‘lgan. Shundan keyin uning hayotida kasallik bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan: kuchli depressiyaga tushgan, kimyoterapiya kurslariga qatnagan. 2017-yilda dugonasi Fransiya Raysadan unga buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan. Selena boshidan shuncha muammolarni kechirganiga qaramay, bugungi kunda o‘zini a’lo darajada his qiladi.

Geri Byuzi

Geri Byuzi 1988-yilda mototsiklda halokatga uchragan. Shundan keyin jarrohlik amaliyoti davomida yulduz klinik o‘limni boshidan kechirgan. Bergan intervyularidan birida Geri o‘sha vaqtda ko‘ziga farishtalar ko‘ringanini ta’kidlaydi.

Anjelina Joli

Anjelina Joli 2015-yilda saraton xavfi sabab ikki marta profilaktik masektomiya qildirishiga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, Jolida tuxumdon va bachadon naychalarini olib tashlash jarrohlik amaliyoti ham o‘tkazilgan. Salomatligidagi ushbu muammolar sabab biologik farzand ko‘ra olmaydigan aktrisa ruhan tushkunlikka tushib qolmagan, qaytanga asrab olgan farzandlari bilan baxtli hayot kechiradi.

Serena Uilyams

Agar shifokorlar vaqtida tennischi o‘pkasida tromb borligini aniqlamaganida Serena hayoti fojiali yakun topishi mumkin edi. Og‘ir sport jarohatidan keyin sportchiga o‘pka arteriyasida tromboemboliya tashxisi qo‘yilgan va u jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan. Bugungi kunda Uilyamsning salomatligida muammo yo‘q.

Ozzi Osborn

Ozzi hayotida baxtsiz hodisalar ko‘p bo‘lgan, lekin 2003-yildagisini eng jiddiysi deb atash mumkin. U “vezdexod”ni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida o‘mrov, qovurg‘a suyagi va umurtqa pog‘onasidan jiddiy jarohatlangan va zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Emiliya Klark

“Taxtlar o‘yini” serialining yulduzida 2011-yilda bosh miya anevrizmi kuzatilgan. Yuvinish xonasida to‘satdan hushini yo‘qotgan aktrisa tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan. Murakkab jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan Klark biroz muddat gapira olmagan hatto. Oradan ikki yil o‘tib bosh miyaning ikkinchi yarim sharida ham anevrizm kuzatilgan va aktrisa ikkinchi marta operatsiya qilingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: jahon yulduzlari, Og‘ir operatsiyalarni, (Foto), boshdan kechirgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz