22:34 Олий таълим муассасаси талабалари учун тўлов-шартномаси нархи ўзгаришсиз қолади | |
2017/2018 o‘quv yilining ikkinchi semestri davomida Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnomasi shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov summasi o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i Sarvarxon Buzrukxonovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta’minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan choralari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2017/2018 o‘quv yillarida to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarida o‘qish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 o‘quv yillari darajasida saqlanib qolinadi. Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha rejaga binoan qabul qilingan talabalar oliy ta’lim muassasasidagi birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng, keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettirishi xabar qilingandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|