Главная » 2020 » Март » 7 » Olimlar ayollar bilan bahslashishning nega foydasi yo‘qligini tushuntirishdi
21:35

Olimlar ayollar bilan bahslashishning nega foydasi yo‘qligini tushuntirishdi


Shvesiyaning Karolinska instituti olimlari ayollarni munozarada yengib bo‘lmaslikni ma’lum qilishdi. Bunga ularning yaxshi rivojlangan epizodik xotirasi sababchidir.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ayollar turli hodisalarning ikir-chikirini yaxshi eslab qolishadi va munozara vaqtida ulardan “qurol” sifatida foydalanishadi.

Mutaxassislar ayollar va erkaklarning kognitiv qobiliyatlaridagi farqni aniqlash maqsadida 1973 yildan 2013 yilga qadar chop etilgan 617 ta ilmiy ishni tahlil qilib chiqishgan. Tadqiqotda jami 1,2 million kishi ishtirok etgan.

“Tadqiqot natijalari ayollarda epizodik xotira afzalliklarga egalini ko‘rsatdi. Bu afzallik yodda saqlab qolish kerak bo‘lgan narsalarga qarab o‘zgaradi”, - deya iqtibos keltiradi tadqiqot mualliflaridan biri Martin Asperxolm so‘zlaridan Daily Mail.

Olimlar ta’kidiga ko‘ra, ayollar hayotidagi voqealarni, jumladan, muayyan sana, vaqt va holatlarni juda yaxshi yodda saqlashadi. Bu esa ularga munozalarda aniq faktlarni keltirib, ustunlikka erishishga ko‘maklashadi.

Qolaversa, ayollar yuz tuzilishlarini ham yaxshi eslab qolishadi. Biroq ayollarning makon xotirasi chatoqroq. Shuning uchun ular yo‘lda adashib qolishlari hech gap emas.


Manba: "aniq.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz