12:07 Olimlar koronavirusga oid xushxabarni e’lon qilishdi | |
Janubiy Koreyadagi koronavirus genomining tahlili hali uning o‘zgaruvchanlik belgilarini ko‘rsatmadi, bu bemorlarni tekshirish paytida xatolar ehtimolini kamaytiradi, deb aytdi Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi. "Mamlakatdagi bemorlardan olingan 73 namunadan COVID-2019 koronavirusning nukleotidlar ketma-ketligini tahlil qilish natijasida hozirgi kunga qadar virusda uning patogenligi va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim mutasiyalar topilmadi. Shuningdek, COVID-2019 marker genlarida ham biron bir o‘zgarish topilmadi”, - deyiladi bayonotda. Bu shuni anglatadiki, koronavirus muhitga yoki iqlimga qarab moslashmaydi, o‘zgarmaydi. COVID-2019da genetik o‘zgarishlar yo‘qligi shuni anglatadiki, endi genetik sinov paytida xatolar xavfi yo‘q. Ma’lumotlar JSSTga yuboriladi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|