22:15 Olimlar nima uchun yirik shaharlar aholisi erta vafot etishini aniqladi | |
Qayd etilishicha, 20—30 kilometr balandlikda joylashgan va Yer yuzasini quyoshning zararli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan stratosferik ozondan farqli o‘laroq, quyiroq joylashgan troposfera ozoni barcha tirik mavjudotlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Kuchli oksidlovchi vosita sifatida ozon kislorodsiz radikallarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ko‘plab kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Yirik shaharlar atmosferasidagi ifloslantiruvchi moddalar quyoshda fotokimyoviy reaksiyaga kirishganda Yerga yaqin ozon qatlami darajasi odatda keskin ko‘tariladi. Ta’kidlanishicha, kuchli smog (asosan AQSh, Yevropa va Yaponiyaning yirik sanoat shaharlarida tutun, qurum, kul zarralari, chang, yonilg‘i bug‘i kabilar aralashmasidan iborat zaharlangan havo), ayniqsa, quyoshli va shamolsiz ob-havoda hosil bo‘ladi. AQSh Milliy fanlar akademiyasining maxsus hisobotiga ko‘ra, yer sirtidagi ozon inson organizmiga umumiy zaharlovchi, kanserogen va mutagen ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, uning normasi oshib ketgan muhitda muntazam bo‘lish erta o‘limga olib kelishi mumkin.
Manba: "daryo.uz"
| |
|