21:43 Olimlar o‘ziga koronavirus yuqtirishga tayyor bo‘lganlarni qidirishmoqda | |
Britaniyalik olimlarga yangi turdagi COVID-2019 koronavirusiga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun 24 nafar ko‘ngilli talab etilmoqda. Bu odamlarga yangi turdagi koronavirusning xavfsizroq shtammlari kiritilib, ular 2 haftalik karantinga joylanadi. Buning evaziga olimlar ishtirokchilarga 4500 dollardan pul taklif qilishmoqda, deb xabar berdi The Daily Mail nashri. Vaksina bilan tajribalarni London sharqida joylashgan Queen Mary BioEnterprises innovatsiya markazi laboratoriyasiga egalik qiluvchi kompaniya o‘tkazmoqda. Ko‘ngillilarga virusning havfsizroq shtammlari (0C43 va 229E) kiritiladi. Tadqiqotning har bir ishtirokchisiga 4500 dollardan beriladi. Shifokorlar kasallanganlar holati va parhezi ortidan sinchkovlik bilan kuzatuv olib boradilar. Sinaluvchilarda COVID-2019’nikidan xavfsizroq, yengil respirator alomatlar paydo bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Sinalgan vaksinalar va dorilardan eng samaralilari haqiqatan koronavirusga chalinganlarga kiritiladi. Olimlar yangi ishlanma epidemiyaga qarshi kurashda yordam berishiga umid qilishmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|