17:17 Olimlar “omikron” shtammining fotosuratini chop etdi | |
Ma’lum qilinishicha, universitetning tibbiyot fakulteti olimlari, jumladan, patologiya va virusologiya sohasi mutaxassislari SARS-CoV-2 ning “omikron” shtammi bilan infeksiyalangan maymunning buyragidagi Vero E6 hujayrasining elektron mikrografiyasini olishga muvaffaq bo‘lgan. Universitet saytida shtammning uzoqroqdan olingan va kattalashtirilgan tasvirlari chop etildi.Tadqiqotchilarning aniqlik kiritishicha, uzoqroqdan olingan mikrografiyada hujayralarning mayda qora virusli zarrachalardan iborat pufakchalar bilan zararlanganini ko‘rish mumkin. Kattalashtirilgan fotosuratda esa virusli zarrachalar agregatlari, ularning yuzasidagi tojsimon tikanlar ko‘rinadi. Koronavirusning yangi “omikron” shtammi birinchi marta 11-noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mavjud vaksinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo‘lishi mumkin, degan shubhalar tufayli “omikron”ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o‘tkazganlarda “omikron” bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini ma’lum qildi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|