22:02 Olimlar: umrni 10 yilga uzaytirish mumkin | |
Boston sog‘liqni saqlash jamiyati Garvard maktabi hamda Amsterdam amaliy fanlar universiteti ekspertlari odamdagi qanday odatlar uning umrini uzaytirishga ko‘maklashishini o‘rganish maqsadida 110 000 dan ortiq kishining ma’lumotlarini tahlil qilib chiqishdi. Natijalar shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchi ayollar diabet, yurak-qon tomir kasalliklariga yo‘liqmasdan o‘rtacha 84 yil, erkaklar esa 81 yil yashashlari mumkinligini ko‘rsatgan. 50 yoshda ham zararli odatlardan voz kecholmaganlarda 70 yoshlarga borganda albatta diabet, saraton, yurak-qon tomir kasalliklariga uchrashi qayd etilgan. Tadqiqotda doim tumshayib, nimadandir norozi bo‘lib yuradigan, tana og‘irligi me’yoriy indeksdan 30 kilogramga oshgan, shuningdek, kuniga 15 talab sigaret tutatadigan odamlar borasida eng ko‘ngilsiz ma’lumotlar bor. Tadqiqot natijalari British Medical Journal nashrida e’lon qilingan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|