14:57 Oliy attestatsiya komissiyasini tugatish taklif qilindi | |
O‘zbekiston Innovasion rivojlantirish vazirligi prezidentning OTMdan keyingi ta’limning innovasion modelini joriy etish to‘g‘risidagi farmoni loyihasinijamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi. Hujjatda qayd etilishicha, OTMdan keyingi ta’limda qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjud. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazish talabga javob bermaydi, ularni tayyorlashda xalqaro standartlarga mos kelmaydigan talablar mavjud, ularni tayyorlashni tashkil etishda ta’limiy va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mustaqilligi cheklangan. boshqarmasini tashkil etish taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, 2019 yil 1 yanvardan OTMdan keyingi ta’limda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘zini o‘zi boshqarish va mustaqillik tamoyillariga asoslangan OTMdan keyingi ta’lim tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
Manba: "hordiq.uz"
| |
|