18:56 Olmaliqda 17 kishi koronavirusdan vafot etdimi? | |
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir necha bor O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmagani haqida rasmiy bayonot berilishi, qolaversa, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda ham mamlakatda koronavirus qayd etilmagani haqida axborot berilganiga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga allaqachon koronavirus kirgani va undan bir necha fuqarolar vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Navbatdagi mish-mish bugun, 12 mart kuni Telegram orqali tarqatildi. Unda qayd etilishicha, Olmaliq shahrida 17 kishi koronavirusdan vafot etgan. Dunyo miqyosida bir kishining koronavirusdan vafot etishi nari tursin, kasallikka chalinishining o‘zi favqulodda holat sifatida qabul qilinayotgan bir paytda Olmaliqda 17 kishining o‘lishiga davlat qanday qilib jim qarab turishi mumkin? Qanday qilib buni odamlardan yashirish mumkin? 17 kishining qarindosh-urug‘i, yaqinlari, siz qolib, xabar yetkazadigan ishonchli vakillari yo‘qmi? Lof ham evi bilanda, deging keladi. Holatni bee’tibor qoldirmagan Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu mish-mishlarga nisbatan quyidagicha rasmiy bayonot berdi:
Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusdan xastalanganlar 129 347 nafarga yetdi. Vafot etganlar esa 4749 nafarni tashkil etmoqda. 68 661 kishi esa ushbu darddan forig‘ bo‘ldi. Ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq biron bir holat aniqlanmagan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|