22:54 Omma oldida nutq so‘zlash qo‘rquvidan qutulish uchun oddiy hiyla | |
Omma oldiga chiqib gapirishdan oldin paydo bo‘ladigan qo‘rquvni yengish uchun ba’zilar ko‘zgu oldida tayyorlanishni, muvaffaqiyatni tasavvur qilishni tavsiya qiladi. Lekin bu maslahatlarning ko‘pchiligi foydasiz va nojo‘ya ta’sirga ega. Boshqa juda oddiy va ancha samarali yondashuv bor. O‘zingizga e’tibor bermang Avvalo siz yuzlab yoki hatto minglab odamlarning ko‘zi oldida chiqib so‘zlashdan oldin hayajonlanish — bu so‘zlashning o‘zidan emas, balki ommaviy tahqirlanishdan qo‘rqish ekanligini tushunib olishingiz kerak. Siz esa odamlar o‘zingiz haqingizda nima deb o‘ylashidan xavotir olasiz. Taqdimotning muvaffaqiyati odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylashiga bog‘liq emas. Bunda o‘z fikringizni tinglovchilarga qanchalik darajada yetkazganingiz muhim. Tinglovchilar sizning nutqingizning asosiy g‘oyasini tushunishi kerak. Vaziyatni nazorat qilishning eng yaxshi usuli — odatdagi suhbatlarga qaraganda kengroq fikrlash. Buning uchun siz e’tiboringizni so‘zlaringizga emas, balki g‘oyalaringizga ko‘proq qaratishingiz kerak. Ketishda odamlar sizni asabiy, sofdil, dadil yoki muloyim deb o‘ylashi mumkin. Lekin, agar siz ularga o‘z fikrlaringizni yetkaza olmagan bo‘lsangiz, unda oldingizga qo‘yilgan vazifa bajarilmay qolgan bo‘ladi. Ko‘rinishingiz qanday ekanligi haqida o‘ylamang Ko‘zgu oldida mashq qilishni va o‘zingizni videoga yozib olishni bas qiling. Biz shundoq ham o‘z harakatlarimiz haqida ko‘p o‘ylaymiz va tashqi ko‘rinishimizga ko‘p e’tibor beramiz. E’tiboringizni o‘zingizga emas, balki tinglovchilarga aytmoqchi bo‘lgan so‘zlaringizga qaratsangiz xavotirning katta qismi yo‘qoladi. Shunda siz unchalik tortinmaydigan bo‘lasiz. Sizning nuqtai nazaringiz — bu yuboriladigan narsa, tinglovchilar esa — uni oluvchilar. O‘z g‘oyalaringizni aniqlash, takomillashtirish va yetkazishni o‘rganing, shunda siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Manba: “Layfxaker”
Manba: "daryo.uz"
| |
|