13:45 Oq uy: Bayden ta’tilga chiqdi | |
Ta’kidlanishicha, Bayden allaqachon Nantaket kurort oroliga yetib borgan. Baydenning jadvaliga ko‘ra, u joriy yilning 28 noyabriga qadar hech qanday ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaydi. 26 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlar milliy bayram — Shukronalik kunini nishonlaydi va ko‘plab amerikaliklar ushbu bayramdan oldingi va keyingi kunlarda qarindoshlarini ziyorat qilish uchun ta’til olishadi. “Hozir siyosatni bir chetga surib, yaqinlarimiz bilan vaqt o‘tkazish va biz minnatdor bo‘lgan narsalar haqida gaplashish vaqti keldi. Prezident qayerda bo‘lmasin, u ishlaydi. U xavfsiz telefon liniyalariga ega va uning xodimlari u bilan birga sayohat qilmoqda”, degan Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki. Avvalroq, Bayden 2024 yilda prezidentlikka ikkinchi bor o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekani xabar qilingandi. Rushana Sultonova
Manba: "qalampir.uz"
| |
|