20:42 Organizmning suvsizlanishiga olib keladigan 8 mahsulot | |
Organizmning namlik darajasi me’yorda bo‘lishi salomatlik va tashqi ko‘rinish uchun muhim hisoblanadi. Suv balansining buzilishi bir qancha kasallik va muammolarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, organizmning suvsizlanishiga iste’mol mahsulotlari sabab bo‘ladi. Quritilgan go‘sht mahsuloti Mazali ekaniga qaramay, oqsil va tuz miqdori ko‘p ekani sabab organizmni suvsizlantirishi mumkin. Umuman voz kecholmagan taqdiringizda esa kamroq miqdorda iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Non mahsulotlari Bunday mahsulot tarkibidagi natriy chanqash va suvsizlanishga olib kelishi mumkin. Foydali, dondan tayyorlangan mahsulotlar ham kletchatkaga boy ekaniga qaramay, organizmni suvsizlantirishi mumkin. Shu sabab ushbu mahsulotlar bilan birga ko‘proq suv iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Konserva mahsulotlari Bakteriyalarni ko‘payishini oldini olish uchun konserva mahsulotlarida tuzdan foydalaniladi. Dukkakli konservalangan mahsulotlar loviya, no‘xatlarda tuzni suv ichish orqali kamaytirish mumkin, ammo bu barcha konservalangan mahsulotlarga ham ish beravermaydi. Soya sousi Tarkibida natriy miqdori kam ekani sabab ham ushbu mahsulotdan me’yorida foydalangan yaxshi. Spirtli ichimliklar Peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lgani sabab spirtli ichimlik organizmni suvsizlantiradi. Qahva Tadqiqotlarda qahva organizmni suvsizlantirishini tezlashtirishi aniqlangan. Shu sabab ham tongni qahva bilan qarshi olishdan avval bir stakan suv ichish kerak. Shirin ichimliklar Bunday ichimliklarda shakar ko‘p bo‘lgani sabab ham iste’molidan keyin organizmda kislota oshadi va buning hisobiga buyraklarning zo‘riqib ishlashiga to‘g‘ri keladi. Sport ichimliklari Sportchilarga muhim bo‘lgan natriyga boy hisoblangani bilan boshqa moddalar ham mavjud va shu sabab qayta-qayta ichishni xohlash mumkin.
Manba: "daryo.uz"
| |
|