13:29 Oshig‘ingizning «sms»lari. U hammasini oshkor etadi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Erta-yu kech orzu qiladigan oq otli shahzodani uchratish baxtiga musharraf bo‘ldingiz: u aqlli, chiroyli, xushchaqchaq. Sizga esa xayolingizda charx urayotgan bir o‘y tinchlik bermayapti: «U ham menikidek tuyg‘ularni his qilayotganmikan?” Bu savolga javob topish uchun «SMS» yozishmalaringizni tahlil qilishning o‘zi kifoya.Birinchi uchrashuvingizdan qancha vaqt o‘tib u «SMS» yozdi? 1. Birinchi uchrashuvingizdan qancha vaqt o‘tib u «SMS» yozdi? A) Bir soatdan kamroq. Uyga yetgan zahotim telefonimga «SMS» keldi. V) «SMS» kelgunga qadar, chamasi, besh soat o‘tgandi, yaxshigina hayajonlanishga ham ulgurdim. S) Men ikkita «SMS» yozganimdan so‘ng xabar oldi. 2. Uning «SMS»ida nimalar bitilgan? A) «Siz bilan vaqtim juda chog‘ o‘tdi. Haftaning yaqinlashayotgan juma kunida ko‘rishishga qarshilik bildirmaysizmi?» V) «Uyga yaxshi yetib oldingizmi?» S) «Sizni yana bir ko‘rmasam bo‘lmaydi! Ertaga borsam maylimi?» 3. Oshig‘ingiz sizga qanchalik tez «SMS» jo‘natadi? A) Bir kunda bitta yoki undan ham kam. V) Bir kunda o‘n marta, ba’zan esa bir soatda. S) Kun davomida bittadan o‘ntagacha. 4. Odatda javob qancha muddatdan so‘ng keladi? A) Sevgilim har doim bir necha soniya ichida javob yozib yuboradi. V) Ko‘pincha o‘n daqiqalarda. S) Har safar har xil: ba’zan tez javob yozadi, ba’zan esa yarim kunlab kutishimga to‘g‘ri keladi. «SMS»ga javobni kech yozgani uchun doim bahonasi tayyor turadi. 5. Quyidagi xushomadlarning qaysi biri sizning Majnuningiz «qalamiga mansub»bo‘lishi mumkin? A) «Siz bilan o‘zimni anchagina yengil his qilaman! Xuddi bir-birimizni so‘zsiz tushunadigandekmiz! Men bilan bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti!» V) «Bugun juda jozibali ko‘rinishda edingiz». S) «Siz pishirgan pirogdan shirinroq narsa yemaganimni tan olsam xafa bo‘lmaysizmi?» 6. «Oq otli shahzoda»ngiz sizga qanday sevgi nomalarini yo‘llaydi? A) Kamdan kam, lekin har uchrashganimizda his-tuyg‘ulari haqida so‘z ochadi. V) Qachonlardir shunday yozgandi: «Siz meni hushimdan ayirayapsiz!» Tuyg‘ularini bir martagina faqat shu jumla bilan ifodalagan, uning asl ma’nosini hanuzgacha tushunmayman. S) Har doim sevgi izhori yozilgan «SMS» keladi. Bundan xursandman, faqat bir xillikdan qochib, chiroyli so‘zlarni tanlashni o‘rganganida yanada quvonardim. 7. Erta tong. Soat 5:00. Undan bu vaqtda qanday «SMS» kelishi mumkin? A) «Ko‘zimga uyqu ilinmadi! Sizni juda ko‘rgim kelyapti...» V) «Xayrli tong! Uyg‘otib yubormadimmi? Kecha uchrashganimizda sumkangizda dastro‘molcham qolib ketmabdimi? Hech qaerdan topolmayapman-da!» S) «Tezroq turmush qurishimizni istayman!» 8. Odatda u «SMS»larning tashkilotchisi bo‘ladimi yoki faqatgina savollaringizga javob qaytaradimi? A) Ikkinchi variant: ko‘pincha «SMS» yozishni ham, suhbatni ham men boshlayman. V) Ba’zan unday, ba’zan bunday. Kim ko‘proq sog‘insa, o‘sha birinchi qadamni qo‘yadi. S) Birinchilikni qo‘ldan boy berishni istamaydi! Erta tongda uyqudan ko‘zimni ochishga ham ulgurmasimdan telefonimga «SMS» keladi: «Sizni sevaman!» 9. Yigitingiz bilan yangi tanishgan kezlaringiz bir haftalik xizmat safaridan qaytib keldi. Sizdan uzoqda bo‘lganida «SMS» yozishga vaqt topdimi? A) Ha, ammo kam va ish yuzasidan. U menga qisqagina «SMS»chalar yozib turdi. V) Nimasini aytasiz?! U meni sevgi izhori yozilgan xabarlarga ko‘mib tashladi. S) Bor-yo‘g‘i bir nechta «SMS» yozdi. Ularning har biri oshig‘imning his-tuyg‘ulari haqidagi kichik doston edi. Ularni yodlab olishga ham ulgurdim! 10. Kechki payt ko‘pincha quyidagicha «SMS»lar yozadi: A) «Bugungi kun yaxshi o‘tdimi? Sizni judayam sog‘indim...» V) «Sizni zudlik bilan ko‘rmasam bo‘lmaydi! Qaerga desangiz o‘sha yerga uchib yetib borishga tayyorman!» S) «Qornim judayam ochdi! Balki biron joyda ko‘rishib, ovqatlanarmiz?» 11. «SMS» orqali tez-tez hazillashib turasizlarmi? A) Ha, lekin yuzma-yuz o‘tirib gaplashganga nima yetsin! V) Biz doim quvnoq «SMS»lar bilan bir-birimizni xursand qilishga odatlanganmiz. S) Afsuski, yo‘q. U hazillashishni ko‘p ham yoqtirmaydi... 12. «Tit-tit-tit...» Tongda sizni «SMS» kelganidan darak beruvchi jarang uyg‘otib yubordi. Unda nima deb yozilan bo‘lishi mumkin? A) «Xayrli tong, sevgilim! Qahva ichyapman, sizsiz tomog‘imdan o‘tishi qiyin bo‘lyapti...» V) «Xayrli tong, mening malikam! Siz bilan birga nonushta qilishni qanchalar orzu qilaman! Kun davomida ko‘rishamiz degan umiddaman!» S) «Salom! «Bolalar» guruhining diskini topolmayapman. Mabodo uni sizga bermaganmidim?» Test natijalarini hisoblang:
Testning natijalari: 12 balldan 19 ballgacha «Tango ritmidagi ishqiy sarguzasht» U har doim ham «SMS»ingizga javob bermaydi. Nima uchun degan savolga «Telefonimning quvvati tugab qolibdi» yoki «Ishlarim boshimdan oshib-toshib yotibdi» kabi bahonalari bor. Agar chindan xohlasa, har qachon ham qisqagina «SMS» yozishini yoki telefon uchun quvvatini to‘ldira olishi mumkinligini yaxshi tushunasiz. Oshig‘ingizga shunchaki ko‘ngilxushlik kerak emasmikan? To‘g‘ri, uning hushomadlari juda yoqimli, ammo samimiy emas. Jiddiy munosabatlar tarafdori bo‘lmasangiz, u holda sizga bu yigit mos keladi. Biroq umr yo‘ldoshim deb qabul qilish niyatida bo‘lsangiz, tanlovda adashasiz. Yaxshisi, vaqt borida qochib qoling! 20 balldan 28 ballgacha «Istasang bu falakdan oyni olib beraman...» Ishoning, u sizni «qulog‘ining uchigacha» sevib qolgan! Shuning uchun ham tinmay ehtiroslarga boy «SMS»larni yozaveradi: «Ma’sum nigohingiz hamon ko‘z oldimda!», «Sizni judayam sog‘indim!» yoki «Bugun uchrashaylik!» Bunday shoshilinch baxtdan karaxt bo‘lasiz, oshig‘ingiz esa nikoh uzugini tanlash bilan ovora. Avvaliga bunday munosabat yoqimlidek tuyulsa-da, vaqt o‘tgani sari kishini biroz toliqtiradi. Nima uchun u voqealar rivojini bunchalik tezlashtiryapti? Chunki siz juda keraksiz! «SMS»lariga javob bermaslik bilan Majnuningizdan qochib qutulolmaysiz. Maslahatimiz, o‘zaro munosabatlaringizni muhokama qilib oling, axir ikkingizga ham shunchaki ishqiy sarguzasht emas, balki bir umrga qo‘sha qarish baxti kerak-ku! 29 balldan 36 ballgacha «Bir-biringiz uchun yaralgansiz!» Siz uni, u esa sizni sevadi. Bir kun kelib romantikaga boy uchrashuvlar, diltortar «SMS»lar, quvnoq suhbatlar nihoyasiga yetsa ham baribir ikkingiz ideal juftlik bo‘lib qolaverasiz. Chunki har ikkalangiz ham bu narsalarning o‘tkinchi ekanligini bilasiz, tushunasiz. Qoliplarni yoqtirmaysiz. Telefon qilmasa, «SMS» yozmasa, jig‘ibiyron bo‘lmaysiz, qalban bir-biringizni his qilayotganingizning o‘zi kifoya. Ba’zida shunchaki erta tongdan kayfiyatingiz qandayligi bilan qiziqadi. Bu kichik bir e’tibor katta muhabbatdan darak emasmi? «SMS»lashish ilmi yoxud yigit kishini bir nechta xabarlar yordamida o‘ziniki qilish san’ati «SMS»ning uzunligidan qarama-qarshingizdagi inson sizga qanchalik qiziqarli ekanidan darak beradi. Hamma qartalarni birdan ochishni istamasangiz, 30-50 ta harf ishlatibgina «SMS» yozishga harakat qiling. Ishqiy nomalar yo‘llashni xohlasangiz, yaxshisi, kulgu ramzlaridan foydalanmang. «SMS» yordamida hazillashish yoki erkak kishining yuragiga qutqu solish uchun uning his-tuyg‘ularini biroz junbushga keltiring. Diqqat-e’tibori faqat sizda bo‘lsin. Masalan, avvaliga «Sizni juda yaxshi ko‘raman!» deb yozing, bir soatdan so‘ng esa “Voy kechirasiz, adashib yozib yuboribman. Bu oyijonimga atalgan «SMS» edi». Ba’zan qatorlashtirib qo‘yilgan undovlar yoki uch nuqtalar «SMS»ga jiddiy tus berishi mumkin. Yoqtirgan kishingizga o‘ta jiddiy ko‘rinishni istamasangiz, tinish belgilarini me’yorida ishlating. «SMS» andozalardan yoki bir qolipdagi siyqasi chiqqan she’rlar yoki gaplardan kamroq foydalanishni tavsiya etamiz. Bilingki, yigitingizga sizning yuragingizdan chiqqan bir jumla o‘n qator she’rdan ko‘ra afzalroq. Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi
Manba: "darakchi.uz"
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|