10:26 Otabek Umarov OOK vitse-prezidenti bo‘lishi mumkin | |
Tarixda ilk bor O‘zbekiston tomoni Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surmoqda. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida 16-dekabr kuni O‘monning Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu tadbirda bo‘lib o‘tadigan OOK rahbariyati tarkibiga, xususan, tashkilot vitse-prezidentligiga O‘zbekiston tomonidan taklif etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda sport va tashkilotchilik bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan Otabek Umarov nomzodi Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga ilgari surildi. «Ma’lumki, Otabek Muhammadaliyevich O‘zbekiston triatlon federatsiyasi hamda mamlakat MMA assotsiatsiyasidagi faoliyati orqali yurtimizda ushbu sport turlarining rivojini yangi bosqichga chiqara oldi. Tadbir davomida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari direksiyasining direktori ham saylab olindi. Ushbu mas’uliyatli lavozimga MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov bir ovozdan ma’qul ko‘rildi», deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Manba: "xabar.uz"
| |
|