14:35 OTMda ikkita yangi fan joriy etiladi | |
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston turizm magistrali” bo‘ylab turistlar uchun zarur infratuzilma ob’ektlari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida turizm xizmatlarini yanada diversifikatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan. Unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavr va magistrlarni tayyorlashda mamlakatning tegishli oliy ta’lim muassasalarida “MICYe turizm”, “Ekoturizm” fanlarini joriy etishni ta’minlaydi; ikki oy muddatda respublikada xorijiy oliy ta’lim muassasalarini, shu jumladan, turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan filiallarini ochish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi akademik immigratsiyani rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqadi: chet ellik yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni, shu jumladan chet eldagi vatandoshlarni (keyingi o‘rinlarda xorijiy olimlar va o‘qituvchilar deb ataladi) kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatiga jalb etish; soddalashtirilgan tartibda “akademik viza” turini chet ellik olimlarga, o‘qituvchilarga va ularning oila a’zolariga kontrakt muddati davomida uni respublikadan tashqariga chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bilan 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnoma berish; O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun ruxsatnoma yoki “akademik viza”ga ega bo‘lgan xorijiy olimlar va o‘qituvchilar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|