14:43 Oybek Tursunov Uzcard muassislari ro‘yxatidan chiqdi | |
Yagona umumrespublika Protsessing markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Uzcard muassislari ro‘yxatida o‘zgarish yuz berdi. Unga ko‘ra, Oybek Tursunov Botirovich Uzcard ta’sischilarining ro‘yxatida qayd etilmagan. Avvalroq, u kompaniyaning 75 foiz aksiyaga egalik qilishi ma’lum bo‘lgan edi. Yangi ro‘yxatga ko‘ra aksiyalar quyidagicha taqsimlagan: O‘zmilliybank 51 foiz, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Ipoteka-bank va Aloqabank - har biriga 6 foizdan, qolgan 25 foizi jismoniy shaxslarga tegishli.
Manba: "xabar.uz"
| |
|