11:45 Ozarcha taom - go‘shtsiz, ammo juda mazali taom | |
Zarur masalliqlar: 1 st. yasmiq doni (chechevisa), bittadan qizil bulg‘or qalampiri va pomidor, 1 bosh piyoz, 1 bo‘lak selderey ko‘kati, o‘simlik yog‘i, yarim choy qoshiqdan qora murch va zira, tuz. Tayyorlanishi: 1. Piyoz va selderey ko‘katini to‘rtburchak shaklda maydalab to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib oling. 2. To‘g‘ralgan pomidor va bulg‘or qalampirini ham qo‘shib, yengil qovuring. 3. Tozalangan yasmiq donini tuzli suvda qaynatib oling. Pishgach, asosiy masalliqlarga qo‘shing-da, murch, zira va tuz solib ta’mini sozlang. 4. Taom yanada mazali bo‘lishi uchun 10 daqiqa past olovda dimlanishi lozim. So‘ng idishga suzib, ko‘katlar va smetana bilan bezatishingiz mumkin. Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa 5 kishilik
Manba: "darakchi.uz"
| |
|