21:36 Ozganidan so‘ng xunuk bo‘lib qolgan Gollivud yulduzlari | |
Mashhurlardan ayrimlari roli uchun vazn tashlashga majbur bo‘lsa, boshqalari go‘zal ko‘rinish uchun yoki stresslar oqibatida ozib ketadi. Anjelina Joli Gollivud yulduzi Anjelinaning vazn tashlashi bilan bog‘liq turli qarashlar mavjud. Aktrisani oqlovchilar Bred Pitt unga xiyonat qilganidan keyin qattiq stress oqibatida vazn tashlagan degan fikr bildirsa, Bredning muxlislari aktrisa Bred bilan ajrashishdan oldin ozishni boshlagan, degan taxminni aytadi. Sababi nima bo‘lgan taqdirda ham bir narsa aniq, birdaniga ozib ketish Joliga umuman yarashmagan. Mettyu Makkonexi Aktyor “Dallas xaridorlar klubi” filmida suratga tushish uchun katta vazn tashlashga majbur bo‘lgan. U filmda OITSga kasallanib vafot etadigan qahramonni gavdalantirishi kerak bo‘lgan. Kira Naytli Kiraning onasi aktrisaning qotmaligi otasidan o‘tgani hamda avvaldan ozg‘in bo‘lgan deb ta’kidlaydi. Lekin “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi roli suratlariga qarab, bunga shubha tug‘ilishi aniq. Kristian Beyl Kristian ham Mettyu singari rol uchun vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan. Lekin vazn tashlaganidan keyin salomatligi bilan jiddiy muammolar kuzatilgan va aktyor boshqa hech qachon rol uchun bunday yo‘l tutib sog‘lig‘ini xavfga qo‘ymasligini bildirgan. Deniz Richards Richardsning vazn tashlashi sababi ham Jolinikiga o‘xshash. Deniz bir vaqtlar Charli Shinning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. Charli bilan bog‘liq muammo va tashvishlar uning ozib ketishiga olib kelgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|