22:10 Ozoda Nursaidova “otarchi” ham odammi deganlarga javob qaytardi | |
Ma’lumki, oxirgi 3-4 kun ichida san’atkorlarning xayriya qilishi masalasi ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb mavzu bo‘lib turibdi. Avvaliga jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev efir orqali ta’na va dashnomga to‘la maktubni o‘qib eshittirdi. Unda san’atkorlarga otarchi tamg‘asi yopishtirilib, ular xayriya qilmayotganlikda ayblangandi. Butun dunyo, jumladan O‘zbekiston xalqi boshiga kelgan og‘ir kunlarda saviyasizlarcha mayda narsalar bilan o‘ralashish, birovning cho‘ntagiga mo‘ralashni ko‘pchilik yoqlamadi. Bu orada “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlar 352 million so‘mlik xayriyani amalga oshirganini aytib chiqdi. O‘tgan vaqt oralig‘ida esa bu xayriyalar 1 milliard 70 million so‘mdan oshdi. Xonanda Ozoda Nursaidova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali san’atkorlarga nisbatan “otarchi” tamg‘asini bosayotganlarga quyidagicha munosabat bildirdi:
Xonandaning qayd etishicha, san’atkorlar xayriya masalasida ikki xil fikr o‘rtasida sarson. Xayriya qilinayotgani ko‘rsatilsa, maqtanchoqlik deyiladi, ko‘rsatilmasa, nega xayriya qilmading deb izza qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, san’atkorlarning “otarchi” deyilishiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham munosabat bildirgan edi. Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 8 aprel kuni Ozoda Nursaidovaning 13 yillik “zapret”dan keyingi ilk yakkaxon konsert dasturi start olishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi sabab boshqalar qatori Ozoda Nursaidovaning ham konserti bekor qilindi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|