11:32 Pandemiya davrida qaysi mahsulotlardan nafsni tiyish kerak? | |
Kuzda pandemiyaning avj olishi ko‘pchilikni o‘z salomatligiga yanada e’tiborliroq bo‘lishga undamoqda. Bunday vaziyatda immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni taomnomadan chiqarib tashlash kerak. Rossiyalik shifokor-epidemiolog Olga Nenastinaning so'zlariga ko'ra, keraksiz mahsulotlar ro‘yxatiga fastfud, qovurilgan taom va konservalar kiradi. Shuningdek, qon tomir devorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qandni ham imkon qadar cheklash zarur. «Umuman olganda, konservalardan voz kechish kerak — qayta ishlangan sanoat mahsulotlari ozuqaviy qiymatga ega bo‘lmaydi. Qanddan ham nafsni tiyish kerak, chunki u bakteriyalarning o‘sishiga ham, qon tomir devorlari o‘tkazuvchanligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deb tushuntiradi epidemiolog. Immunitet uchun organizmning yetarli miqdorda vitamin va minerallarga to‘yinishi muhim. Ular sabzavot va ko‘katlarda mavjud. Taomnomaga baliq, dengiz mahsulotlari, parranda va sut mahsulotlarini kiritish foydadan xoli bo‘lmaydi. Suyukliq iste’molini ko‘paytirish lozim. «Koronavirus asosan keksalar uchun xatarli. Shu bois ularning taomnomasida yetarli miqdorda oqsil va vitaminlar bo‘lishi muhim. Qizil go‘shtni ko‘p yeyish tavsiya etilmaydi. Lekin haftasiga bir marta taomnomada albatta bo‘lishi zarur», — deydi shifokor.
Manba: "xabar.uz"
| |
|