20:39 Parhez va mashqlarsiz qorinni yo‘qotishning 4 ta oddiy usuli | |
Tekis va chiroyli qoringa ega bo‘lish uchun ko‘pchilik fitnes-zalda yashaydi va karam barglari bilan ovqatlanadi. Chunki bu jismoniy mukammallikka olib boradigan eng sog‘lom va to‘g‘ri yo‘ldir. Lekin, agar mashq qilishga va ovqatlanishni cheklashga vaqtingiz ham, asablaringiz ham, kuchingiz ham bo‘lmasa quyidagi oddiy maslahatlarimizdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Ular qorinni biroz bo‘lsa-da muvofiq holatga keltirishga yordam beradi. 1. Qaddingizni rostlang Har lahzada, bu haqda eslashingiz bilan yelkalaringizni to‘g‘rilang va qorningizni torting. Qilolmasangiz va eslashni xohlamasangiz — gavda korrektori sotib oling. Gavdani to‘g‘ri tutish katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham, biz ko‘pincha uning ta’siriga yetarlicha baho bermaymiz. Tik tutilgan umurtqa bo‘yga bo‘y qo‘shishga, ko‘krakka shakl berishga va qorinni ancha tekis ko‘rsatishga yordam beradi. 2. Ko‘proq suv iching Suv tanqisligi boshlanishi bilan organizm darrov o‘zida namlikni to‘play boshlaydi, shu jumladan qorinda ham. Shu sababga ko‘ra qo‘llarda va oyoqlarda paydo bo‘ladigan shishlar ko‘pchilikka tanish bo‘lishi mumkin, lekin qorin sohasidagi shishlarga biz kamdan-kam hollarda e’tibor beramiz. Aynan bu shishlar qorinning do‘ppayib chiqib qolishiga sabab bo‘ladi. 3. Muntazam ravishda hojatga chiqing Bu qorinni yo‘qotishda muhim jihat hisoblanadi. Organizm — juda sabrli narsa va agar siz uni sabr qilishga o‘rgatgan bo‘lsangiz, u sizni eng oxirgi hollardagina hojatga chiqishga chaqiradi. Boshqa vaqtlarda qovuq devorlari kengayib boradi, buning natijasida esa qorin kattalashadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bir kunda kamida 5—7 marta bovul qilish normal holat hisoblanadi. 4. Ovqatni yaxshilab chaynang Tishlaringiz yordamida tushlik yoki kechki ovqatni qancha sifatliroq maydalasangiz, u me’dada shuncha kamroq joyni egallaydi. Demak, to‘ldirilgan me’da qorinning shishib ketishiga sabab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, siz qancha uzoqroq chaynasangiz, miya “men to‘ydim” degan signal bergunicha shuncha kamroq yeysiz. Bu ortiqcha kaloriya to‘plamaslikka imkon beradi va o‘z navbatida qorinning holatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Manba: “Zdorovie.com”
Manba: "daryo.uz"
| |
|