22:47 Polsha koronavirusga qarshi dori yaratganini ma’lum qildi | |
Polshaning Krakov shahridagi Yagellon universiteti olimlari koronavirus infeksiyasi tarqalishini sezilarli darajada sekinlashtiradigan modda yaratganliklarini e’lon qilishdi. "Biz yaratgan modda dunyo miqyosida innovasiondir", dedi jurnalistlarga virusshunos professor Kshishtof Pirch. Yagellon universiteti tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan modda HTCC deb nomlangan kimyoviy birikma. Ta’kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasini kamaytiradi. Bu modda patentlangan, u ilgari hayvonlarda sinovdan o‘tgan. Ammo odamlarda foydalanish uchun u hali tasdiqlanmagan. HTCC – qisqichbaqalar yoki qo‘ziqorinlardan olingan aralashma asosida yaratilgan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|