19:22 Polshada 23 yil kapsulada saqlangan BMW auksionga qo‘yildi (foto) | |
Avtomobilning hozirgi egasi uni 1927-yili tug‘ilgan ayoldan sotib olgan va saqlash uchun garajiga joylashtirgan. Mashina 50 700 yevroga baholanmoqda. E38 kuzovida yaratilgan BMW’ning egasi 1997-yilda mashinani xarid qilishi bilanoq “konservalab qo‘ygan”. Ta’kidlanishicha, havoning mexanik aylanishi sabab sedan juda yaxshi holatda saqlangan va dunyoda bu kabi holatda saqlangan birorta 7-Series mavjud emas. BMW 7-Series’ga 286 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. Uzatmasi — orqa o‘qda, uzatmalar qutisi — besh pog‘onali avtomat.
Manba: "daryo.uz"
| |
|