20:12 Prezident koronavirus bilan bog‘liq yangi farmonni imzoladi | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 mart kuni “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjatga asosan, Moliya vazirligi qoshida Inqirozga qarshi jamg‘arma tuziladi. Unga davlat byudjetidan 10 trl so‘m ajratiladi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga qariyb 5,5 ming nafar tibbiyot xodimi jalb etilgan. Farmon bilan ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab, oylik maoshiga qo‘shimcha 120 foiz ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|