20:30 Professor muslimani jinsiy kamsitishda aybladi | |
OTM professori muslima talaba bilan qo‘l ushlashib ko‘rishishga majburlamoqchi bo‘ldi, biroq niyatiga erisha olmaganida, talaba qiz ustidan jinsiy sabablarga ko‘ra kamsitildim, deb da’vo qilishga qaror qildi. Yangi Zelandiyaning Oklend universiteti professori muslima talabaga nisbatan o‘ta murosasiz munosabatda bo‘lgani uchun ishdan haydaldi. Universitet ma’muriyati muallimning harakatlari muassasa nizomining va axloq me’yorlarining jiddiy buzilishi sifatida baholadi hamda professorni ishdan bo‘shatishga qaror qildi, deya xabar beradi IslamNews axborot agentligiga asosan Oilam.uz. Universitet prorektori Styuart Makkatchenga ko‘ra, professor ayollar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning islomiy me’yorlari borasida xabardor bo‘lgan va muslima talaba uchun ataylab noma’qul vaziyatni yuzaga keltirgan. “Hamjamiyatimizning barcha a’zolari universitetimizda bunaqa xulqqa o‘rin yo‘qligini bilishi muhim, agar yana shunaqa holat qaytariladigan bo‘lsa, men o‘ylab ham o‘tirmay tegishli tekshiruv va intizomiy choralar o‘tkazilishiga buyruq beraman”, – deya qayd etdi prorektor.
Manba: "hordiq.uz"
| |
|