Главная » 2018 » Январь » 30 » Psixologik test: Dugonangiz samimiymi? (Qizlar uchun)
22:25

Psixologik test: Dugonangiz samimiymi? (Qizlar uchun)


Haqiqiy do‘stlik na vaqtni, na chegarani va na yoshni tan oladi. Agar yaxshi do‘st orttirishni istasangiz, sizga yaqin bo‘lgan odamning yaxshi va yomon jihatlarini to‘g‘ri qabul qila olishingiz, shaxsiy hayotdagi muammolarni yechishda yordamni ayamaslik kerak. Siz mabodo dugonangizning sizga hurmatsizlik qilayotganini yoki samimiy munosabatda emasligini sezsangiz, darhol bu haqda unga ayting va buning sababini tushuntirishini talab qiling. Keling, yaxshisi dugonangizning sizga nisbatan munosabati qanday ekanligini quyidagi test orqali tekshirib ko‘ring.

1. Yoqtirgan insoningiz bilan uchrashmoqchisiz va imkon qadar unda yaxshi taassurot qoldirishni istaysiz. Bu borada yaqin dugonangizdan maslahat so‘radingiz. U qanday maslahat beradi, deb o‘ylaysiz?

a) «Yangi kiyim sotib olishing, soch turmagingni ham o‘zgartirishing kerak. Bundan tashqari ozgina parhez qilsang bo‘larmidi?» – 0 ball;

b) «Hech nimadan xavotir olma, sen juda go‘zalsan!» – 10 ball;

v) «Istasang, ikkalamiz bozorga tushib, hammani lol qoldiradigan ko‘ylak sotib olamiz» – 5 ball.

2. Dugonangiz yoqtirgan yigitingiz bilan sizga bildirmay gaplashganini sezganmisiz?

a) Bir-ikki marta – 5 ball;

b) Yo‘q hech qachon – 0 ball;

v) Ha – 10 ball.

3. Dugonangizga siringizni aytdingiz. U bu sirni boshqalarga aytib qo‘yishi mumkinmi?

a) Aytib qo‘yishi mumkin, lekin ataylab emas – 5 ball;

b) Ha, bo‘lishi mumkin, uning g‘iybat qiladigan odati bor – 0 ball;

v) Hech qachon, men unga ishonaman – 10 ball.

4. Yoqtirgan yigitingiz bilan tortishib qoldingiz, dugonangizning fikri:

a) «Albatta, sen aybdorsan» – 10 ball;

b) Bo‘lgan voqeani surishtirganidan so‘nggina kim aybdorligini aytadi – 5 ball;

v) «U aybdor» – 0 ball.

5. Siz dugonangiz bilan ziyofatga bordingiz va u o‘sha joyda bir tanishini uchratib qoldi, qanday yo‘l tutadi, deb o‘ylaysiz?

a) Meni tashlab, tanishi bilan ketadi – 0 ball;

b) Meni tanishi bilan tanishtiradi – 5 ball;

v) Tanishi bilan uchrashuvni boshqa kunga qoldiradi – 10 ball.

6. Agar dugonangiz bilan gaplashmoqchi bo‘lsangiz, u:

a) Gapim joniga tegsa, mavzuni o‘zgartirishga harakat qiladi – 5 ball;

b) Gapimni bo‘lmasdan oxirigacha eshitadi – 10 bal;

v) Gaplarim joniga tekkanini ochiqdan-ochiq aytishi mumkin – 0 ball.

7. Dugonangiz yangi do‘st orttirishi bilan sizdan uzoqlashishi mumkinmi?

a) Har doim – 0 ball;

b) Gohida – 5 ball;

v) Yo‘q – 10 ball.

8. Mehmondorchilikda yoqtirgan yigitingizni bir qiz bilan uchratib qoldingiz, bu holatda dugonangiz sizga nima deyishi mumkin?

a) E’tibor bermaslikni taklif qiladi – 10 ball;

b) Qizning chiroyliligini, yoqimtoyligini aytadi – 0 ball;

v) Qizga yomon ta’rif bera boshlaydi – 5 ball.

9. Yangi soch turmagingizdan qoniqmadingiz va kayfiyatingiz tushib ketdi. Dugonangiz qanday yo‘l tutadi, deb o‘ylaysiz?

a) Ro‘mol o‘rashni maslahat beradi – 5 ball;

b) Meni har ko‘rganida, kuladi – 0 ball;

v) Yana bir marta sartaroshxonaga borishni maslahat beradi – 10 ball.

10. Qaysidir sababga ko‘ra, yoqtirgan insoningiz bilan aloqani uzdingiz, ko‘nglingiz notinch, dugonangizga qo‘ng‘iroq qildingiz…

a) Darhol yonimga keladi va ovutishga harakat qiladi – 10 ball;

b) Osmon uzilib yerga tushmaganini, u yigit hecham yoqmaganini, undan yaxshiroq yigitni uchratishingiz mumkinligini aytadi – 5 ball;

v) Dugonangiz u bilan uchrashib, munosabatlaringizga oydinlik kiritadi – 0 ball.

To‘plagan ballaringizni hisoblang va quyidagi natijalar bo‘yicha tekshiring:

0-30 ball: Dugonangizni o‘zingizga sodiq do‘st deb bilsangiz, yanglishasiz. U sizdan foydalanadi va istagan paytda sizdan voz kechishi mumkin. Bir o‘ylab ko‘ring, bunday qiz bilan dugona bo‘lish mumkinmi? Iloji boricha undan yiroq yuring. Sizga yaxshi kuningizda ham, yomon kuningizda ham yoningizda turadigan haqiqiy dugona kerak.

35-70 ball: Siz dugonangiz bilan bir-biringizni hurmat qilasiz va bir-biringizni yaxshi tushunasiz. Sizlarga faqat ozgina samimiylik yetishmaydi. Bir-biringizdan hafa bo‘lib qolsangiz, ichingizga yutmasdan, tushunmovchilikni hal qiling. Barcha kelishmovchiliklarni ochiqchasiga gaplashib olish do‘stligingizni yanada mustahkamlaydi.

75-100 ball: Siz dugonangiz bilan faxrlansangiz arziydi. Unga hamma siringizni bemalol aytishingiz mumkin. U hech qachon sizni og‘ir daqiqalarda tashlab ketmaydi. Bunga ishonavering. Bunday dugona hayotda sizga pand bermaydi.

XOSIYaTXON tayyorladi.


Manba: "mulohaza.uz"
Категория: Testlar, Psixologiya | | Теги: Psixologik test, Dugonangiz samimiymi?, Qizlar uchun | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz