21:29 Qahvani qaysi vaqtda ichgan yaxshi? | |
Har bir kishiga uyg‘ongandan so‘ng och qoringa bir stakan limon sharbati bilan suv, yarim soatdan keyin - nonushtada bir finjon qahva ichish tavsiya etiladi. Bu haqda Amerikalik diyetolog Kristina Taul ma’lum qildi. Limonli suv uyg‘ongandan keyin oshqozonda ishqorli muhit yaratadi, 30 daqiqadan keyin ichilgan qahva esa ishtahani bo‘g‘adi. Bu esa ertalabda ko‘p ovqat yemaslik imkonini beradi. Ta’kidlanishicha, kofein nafaqat tetiklikni oshiradi, balki metabolizmni yaxshilaydi, yog‘ parchalanishini osonlashtiradi. Shuningdek, qahva ichak mikrobiomiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. “Ertalab ko‘p odamlar ko‘proq ovqat yeyishni xohlaydi. Nonushtadan oldin ichilgan qahva ortiqcha ovqatlanmaslikka yordam beradi. Ovqatlardan inson kaloriya ham olishi kerak, shirin qahva esa kaloriya bo‘la olmaydi. Bunday holda eng yaxshi variant shakarsiz qora qahva bo‘ladi”, deydi yana bir diyetolog Liza Richard. Shu o‘rinda kun bo‘yi ishtahani ochuvchi qahvadan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|