20:35 “Qanot Sharq” aviakompaniyasi ilk samolyotini qabul qilib oldi | |
Bugun, 26 aprel kuni “Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi birinchi Airbus A320 yo‘lovchi samolyotini qabul qilib oldi. Laynerni kutib olish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, aviakompaniya 20 kundan keyin yana bir A320 ni qabul qilib olishni rejalashtirmoqda. Yil oxiriga qadar aviatashuvchi qo‘shimcha ravishda yana ikkita katta sig‘imga ega Airbus A320ga ega bo‘lishi lozim. Kompaniya yaqin vaqtlarda o‘z aviaparkini uchta A320 va uchta A330 samolyotlari bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya ham xalqaro, ham ichki qatnovlarni amalga oshiradi. Avvalroq, Amerikaning Air Lease Corporation kompaniyasi iste’molda bo‘lgan ikkita A320−200 samolyotini O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines avikompaniyasiga uzoq muddatga ijaraga berayotganini e’lon qilgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|