22:59 Qarshida er rashk sabab qotilga aylandi | |
Joriy yilning 18 dekabrь kuni Qashqadaryo viloyatida qotillik jinoyati sodir etildi. Rashkchi er turmush o‘rtog‘ini o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Matbuot xizmati xabar berdi. 1980 yilda tug‘ilgan A.B. 18 dekabrь soat 11:00 larda Qarshi shahrida joylashgan “YUlduzcha” maktabgacha ta’lim muassasasida kir yuvuvchi bo‘lib ishlovchi turmush o‘rtog‘i 1986 yilda tug‘ilgan M.Q.ni shu muassasada ombor mudiri bo‘lib ishlovchi 1986 yilda tug‘ilgan B.N.dan rashk qilib, uni xizmat xonasida oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan. SHuningdek, A.B. turmush o‘rtog‘i M.Q.ni ham qasddan o‘ldirish maqsadida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan uni orqasidan quvib ketayotgan vaqtida voqea joyiga etib kelgan profilaktika inspektori A.Mavlonov tomonidan to‘xtatib qolingan. Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|